Sahifamizga xush kelibsiz

Davra o’zbek-olmon jamiyati O’zbekiston va Germaniya Federativ Respublikasi o’rtasida o’ziga xos ko’prik vazifasini bajarishni o’z oldiga maqsad qilib olgan

2024-yil 19-may kuni futbol maydoni madaniy xilma-xillik va sport mukammalligining qaynayotgan arenaga aylandi. Davra e.V. tomonidan Germaniyadagi O’zbekiston Respublikasi elchixonasi hamkorligida tashkil etilgan Davra Cup 2024 Germaniyaning turli burchaklaridan kelgan 20 dan ortiq jamoalar va ularning ishtiyoqli muxlislarini bir joyga topladi.

«Davra» o‘zbek-olmon jamiyati tarafidan 10 yildan beri muntazam tashkil qilinib kelinayotgan «Davra Cup – Yevropadagi O‘zbeklarning Sport va Futbol bayrami» O‘zbekiston Respublikasining Germaniya Federativ Respublikasidagi elchixonasi ko´magida joriy yilning 28-May kuni Berlin shahriga chegaradosh Strausberg shaharchasida bo’lib o’tdi. 

Davra Cup 2023 - Fußball- und Sportfest der Usbeken in Europa

Jamoamiz

Anvar Shermatov

Samarqand Davlat Chet Tillar Institutida Nemis va Fransuz Filologiyasi, Berlin Texnika Universitetida Yangi Tarix, Nemis tili chet tili sifatida va Nemis Filologiyasi fakultetlarini tugatgan. 2013 yildan buyon Davra o’zbek-olmon jamiyatida faoliyat olib boradi.

Iftikhor Shomurodov

Samarqand Davlat Chet Tillar Institutida Nemis va Ingliz Filologiyasi, Berlin Texnika Universitetida Yangi Tarix, Berlin Humboldt Universitetida Markaziy Osiyo fakultetlarini tugatgan. 2013 yildan buyon Davra o’zbek-olmon jamiyatida faoliyat olib boradi.

Hasan Rasulov

Samarqand Davlat Chet Tillar Institutida Nemis va Ingliz Filologiyasi fakultetlarini tugatgan. 2013 yildan buyon Davra o’zbek-olmon jamiyatida faoliyat olib boradi.

Gulshan Rasulova

Samarqand Davlat Universitetida Matematika, Berlin Texnika Universitetida tarbiya ilmi, Nemis tili chet tili sifatida va Nemis Filologiyasi fakultetlarini tugatgan. 2013 yildan buyon Davra o’zbek-olmon jamiyatida faoliyat olib boradi.

Mehriddin Shakarboyev

Samarqand Davlat Chet Tillar Institutida Nemis va Ingliz Filologiyasi fakultetlarini tugatgan. 2022 yildan buyon Davra o’zbek-olmon jamiyatida faoliyat olib boradi.

Davra do'stlari

Hamma Davra o’zbek-olmon Madaniy va Sport Jamiyati do’stlarini tadbirlarimizda ko’rishimizdan boshimiz osmonga yetadi. Tadbirlarimizga xush kelibsiz!

Bosh homiymiz

Biz bilan bog'laning va bu yerga reklamangizni joylashtiring

„Davra“ o’zbek-olmon jamiyati tarafidan tashkil qilingan “Davra Cup 2022” – Yevropada yashayotgan O’zbeklarning futbol va sport bayrami joriy yilning 5-Iyun kuni O‘zʙekiston Respublikasining Germaniya Federativ Respublikasidagi elchixonasi, O‘zbekiston Respublikasining Germaniya Federativ Respublikasi Frankfurt Main shahridagi bosh konsulligi hamda «Humo» olmon-o‘zbek jamiyati hamkorligida Frankfurt Main shahrida o’tkazildi.

Davra Cup - das achte Fußball- und Sportfest der Usbeken in Europa

2013 yildan beri muntazam o‘tkazib kelinayotgan “Davra Cup – Yevropadagi O’zbeklarning Futbol turniri” joriy yilning 9-Iyun’ kuni Chexiyaning poytaxti Praga shahrida yettinchi marotaba tashkil qilindi. Tadbirni “Davra” o‘zbek-olmon jamiyati O‘zbekiston Respublikasining Germaniya Federativ Respublikasidagi elchixonasi hamda O‘zbekiston Respublikasining Frankfurt Mayn shahridagi bosh konsulligi hamkorligida amalga oshirdi.

“Davra” o`zbek-olmon jamiyati tarafidan muntazam ravishda yiliga bir marotaba tashkil etilib kelinayotgan “Davra Cup – Yevropadagi O’zbeklarning futbol va sport bayrami” 2018 yilning 12-may kuni Frankfurt Main shahrida oltinchi marotaba tashkil qilindi. Tadbir “Davra” o`zbek-olmon jamiyati, O‘zbekiston Respublikasining Germaniya Federativ Respublikasidagi elchixonasi hamda O‘zbekiston Respublikasining Frankfurt Mayn shahridagi bosh konsulligi bilan hamkorlikda amalga oshirildi.

Davra o’zbek-olmon madaniya va Sport Jamiyati 2013 yil Berlin shahrida tashkil qilindi va Germaniya Federativ Respublikasi qonunlari bilan ro’yxatdan o’tkazildi. Jamiyatning asosiy maqsadi O’zbekiston Respublikasi va Germaniya Federativ Respublikasi o’rtasida madaniya, ilmiy va sport yo’nalishidagi aloqalarni yo’lga qo’yish. 

Ish vaqtlarimiz

Dushanba - Juma:
17:30 - 20:30
(faqat telefon orqali)

Manzilimiz

Rubensstr. 23, 12159 Berlin
Telefon: +49 30 28 61 90 07
Email: info@davra-ev.de