Tadbirlarimiz

Davra o’zbek-olmon jamiyatining hamma tadbirlari. Unutilmas damlaringizni biz bilan o’tkazing!

Davra Cup 2024 – Yevropadagi O’zbeklarning Futbol Bayrami

2024-yil 19-may kuni futbol maydoni madaniy xilma-xillik va sport mukammalligining qaynayotgan arenaga aylandi. Davra e.V. tomonidan Germaniyadagi O'zbekiston Respublikasi elchixonasi hamkorligida tashkil etilgan Davra Cup 2024 Germaniyaning turli burchaklaridan kelgan 20 dan ortiq jamoalar va ularning ishtiyoqli muxlislarini bir joyga to'pladi.

Davra Cup 2023 - Fußball- und Sportfest der Usbeken in Europa

Davra Cup 2023 – Yevropadagi O‘zbeklarning Sport va Futbol bayrami

«Davra» o‘zbek-olmon jamiyati tarafidan 10 yildan beri muntazam tashkil qilinib kelinayotgan «Davra Cup – Yevropadagi O‘zbeklarning Sport va Futbol bayrami» O‘zbekiston Respublikasining Germaniya Federativ Respublikasidagi elchixonasi ko´magida joriy yilning 28-May kuni Berlin shahriga chegaradosh Strausberg shaharchasida bo’lib o’tdi.

Davra Cup - das achte Fußball- und Sportfest der Usbeken in Europa

Davra Cup – Yevropadagi O’zbeklarning sakkizinchi futbol va sport bayrami

„Davra“ o’zbek-olmon jamiyati tarafidan tashkil qilingan “Davra Cup 2022” – Yevropada yashayotgan O’zbeklarning futbol va sport bayrami joriy yilning 5-Iyun kuni O‘zʙekiston Respublikasining Germaniya Federativ Respublikasidagi elchixonasi, O‘zbekiston Respublikasining Germaniya Federativ Respublikasi Frankfurt Main shahridagi bosh konsulligi hamda «Humo» olmon-o‘zbek jamiyati hamkorligida Frankfurt Main shahrida o’tkazildi.

Bosh homiymiz

Davra Cup – Yevropadagi O’zbeklarning yettinchi Futbol turniri

2013 yildan beri muntazam o‘tkazib kelinayotgan “Davra Cup – Yevropadagi O’zbeklarning Futbol turniri” joriy yilning 9-Iyun’ kuni Chexiyaning poytaxti Praga shahrida yettinchi marotaba tashkil qilindi. Tadbirni “Davra” o‘zbek-olmon jamiyati O‘zbekiston Respublikasining Germaniya Federativ Respublikasidagi elchixonasi hamda O‘zbekiston Respublikasining Frankfurt Mayn shahridagi bosh konsulligi hamkorligida amalga oshirdi.

Davra Cup – Yevropadagi O’zbeklarning oltinchi futbol bayrami

“Davra” o`zbek-olmon jamiyati tarafidan muntazam ravishda yiliga bir marotaba tashkil etilib kelinayotgan “Davra Cup – Yevropadagi O’zbeklarning futbol va sport bayrami” 2018 yilning 12-may kuni oltinchi marotaba tashkil qilindi. Tadbir “Davra” o`zbek-olmon jamiyati, O‘zbekiston Respublikasining Germaniya Federativ Respublikasidagi elchixonasi hamda Frankfurt Mayn shahridagi bosh konsulligi bilan hamkorlikda amalga oshirildi.

Davra Cup - das fünfte Fußballfest der Usbeken in Europa

Davra Cup – Yevropadagi O’zbeklarning beshinchi Futbol bayrami

An’anaga aylanib ulgurgan “Davra Cup” – Yevvropadagi O’zbeklarning beshinchi Futbol bayrami 25-May 2017 Myunxen shahrida bo’lib o’tdi. Tadbir «Davra» nemis-o’zbek madaniy jamiyati tomonidan O’zbekistan Respublikasining Frankfurt Main shahridagi bosh konsulligi va O’zbekistan Respublikasining Berlin shahridagi elchixonasi ko’magida tashkil etildi.

Homiymiz

Berlinda Navro’z bayrami

2017 yilning 19-mart kuni Berlin shahrida „Davra“ olmon-o’zbek jamiyati O’zbekiston Respublikasi-ning Berlin shahrida joylashgan elchixonasi, Frankfurt shahrida joylashgan bosh konsul-ligi, hamda „Nihol“ madaniy-ilmiy jamiyati hamkorliklarida Olmoniyada istiqomat qiluvchi vatandoshlar uchun Navro’z bayramini keng nishonladi.

Berlinda Sumalak tadbiri

O’zbek xalqining tarixi juda uzoq ming yilliklarga borib taqalib o’ziga xos madaniyati, urf-odatlari va an’analariga ega. Davra o’zbek-olmon jamiyati milliy an’analarni avloddan-avlodga yetkazish maqsadida Berlin shahrida “Sumalak” tadbirini amalga oshirdi. Tadbirdan sumalakdan tashqari o’zbek milliy taomi hisoblanmish “Qozon palov” tayyorlandi.

Davra Cup – Germaniyadagi O‘zbeklarning to’rtinchi Futbol tuniri

An’anaviy „Davra Cup“ Germaniyadagi O‘zbeklarning to’rtinchi Futbol tuniri navbatdagi bosqichga ko’tarilib 2016 yildan boshlab Evropadagi O‘zbeklarning Futbol va Sport bayrami deb ataladigan bo’ldi.

Homiymiz

Davra Cup – Köln shahrida O’zbeklarning uchinchi futbol bayrami

2015 yilning 24 May kuni Germaniyaning Köln shahrida O’zbeklarning an’anaviy uchinchi futbol bayrami bo’lib o’tdi. Bayram Davra o’zbek-olmon jamiyati tarafidan O’zbekiston Respublikasining Germaniya Federativ Respublikasidagi bosh konsulligi ko’magida tashkillashtirildi.

Davra Cup – Germaniyada yashayotgan O’zbeklarning ikkinchi Futbol turniri

2013 yilda Germaniyada yashayotgan O’zbeklarning birinchi Futbol turniri tashkil qilingan edi. O’zbek vatandoshlarining xoxish va istaklarini inobatga olib ushbu tadbir har yili tashkil qilinishiga qaror qilindi. Navbatdagi “Davra Cup” turniri 2014 yilning 31-May kuni Frankfurt Main shahrida o’tkazildi.

Davra Cup – Germaniyadagi O’zbeklarning birinchi futbol turniri

22- iyun kuni Berlinda tashkil qilingan Germaniyadagi O’zbeklarning „Picknick“ tadbirining bevosita davomi sifatida 23-Iyun kuni Germaniya poytaxtida „Davra“ olmon-o’zbek jamiyati tarafidan tashkillashtirilgan „Davra Cup – Germaniyadagi O’zbeklarning birinchi Futbol turniri“ bo’lin o’tdi.

Berlinda „Qir-Oshi“

Yaqindagina Berlinda tashkil qilinib ro’yxatdan o’tgan «Davra» olmon-o’zbek jamiyati Germaniyadagi vatandoshlarni bir joyga to’plash, ular bilan yaqindan tanishish va ular bilan aloqalarni mustahkamlash maqsadida Germaniyadagi vatandoshlarimizni barchasini Berlinda tashkil qilinayotgan «Qir-Oshi»ga taklif qildi.

Berlinda qo’shaloq Bayram

Berlin shahrida o’qib, shu yerda ishlayotgan vatandoshlarimiz tarafidan shu yilning boshida „Davra“ o’zbeklar jamiyatiga asos solindi va jamiyat Berlin shahrida ro’yxatdan o’tkazildi. O’zbekistonning favqulotda va muxtor elchisi Dilshod Akhatovning taklifiga binoan bu tarixiy voqeani oldimizda turgan Navro’z bayramiga qo’shib qo’shaloq bayram sifatida nishonlashga kelishib olindi.